AsosiySport
4916

Zidan Ronalduning gol ura olmayotganidan havotirda emasligini bildirdi

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub hujumchisi Krishtianu Ronaldu gol ura olmayotganidan havotirda emasligini bildirdi.

“Ronalduning holati meni tashvishga solmaydi. U biz uchun muhim ahamiyatga ega va jamoa uchun uning maydonda bo`lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Krishtianu gol urmayotganidan tashvishda emasman. Men shunchaki u vaqt o`tishi bilan avvalgi sport formasini tiklab olishini istayman”, – dedi fransiyalik mutaxassis.

Qayd etish kerakki, Ronaldu joriy mavsum boshlanganidan buyon ikkita gol kiritdi. Biri Ispaniya chempionatida bo`lsa, ikkinchisi EChL bahslarida. 

Boshqa yangiliklar