1

Olimlar koronavirusga qarshi vaksinalarni xona haroratida saqlash yo`lini topdi

Salomatlik 03.02.2023, 16:00
Olimlar koronavirusga qarshi vaksinalarni xona haroratida saqlash yo`lini topdi

Xitoy virusologlari COVID-19ga qarshi qo`llaniladigan, tarkibida ribonuklien  kislotalari mavjud (Pfizer/BioNTech va Moderna) vaksinalarni xona haroratida olti oydan ortiq vaqt saqlash imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Chunki bu turdagi emlash vositalari  -20 dan -70 darajagacha bo`lgan sovuq muhitda o`z foydali xususiyatlarini yo`qotmaydi. Ammo bu talab ularni saqlash, tashish jarayonini qiyinlashtirib, keng qamrovda foydalanish imkoniyatini cheklaydi. 
Xitoy olimlari ishlab chiqqan texnologiya orqali +25 daraja iliq haroratda ham vaksinalarning barcha zarur xususiyatlarini saqlab qolish mumkin. U lipid nanozarrachalaridan liofillangan vaksina tayyorlash usuliga asoslangan (vakuumda quritish orqali).
Tadqiqotda aytilishicha, bunday mRNK vaksinalari "omikron" shtammining bir nechta variantlariga qarshi kuchli immunitet hosil qilishda yuqori  samaradorlikka ega. Yangi texnologiya uning biologik faolligiga putur etkazmasdan emlash vositasi beqarorligini bartaraf etib, chekka va olis hududlarda preparatdan qulay foydalanish imkonini beradi.
​​​​​​

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1