AsosiyJAMIYAT

Nukus voqealarining yana 39 nafar ishtirokchisi ustidan sud jarayoni 6 fevralda boshlanadi

Sal avval Buxoro shahrida Nukus voqealari ishtirokchilarining 22 nafariga sud hukmi o`qilg...

Sal avval Buxoro shahrida Nukus voqealari ishtirokchilarining 22 nafariga sud hukmi o`qilgan edi

Unga ko`ra, Nukus voqealarining asosiy aybdorlaridan biri Tajimuratov 16 yilga qamaldi Lolagul Kalixanova esa sud zalidan ozod qilindi.

2023 yil 6 fevral kuni soat 10.00 da Buxoro viloyat sudi binosida 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog`iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida ko`rib chiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko`ra sudlanuvchilar A. Mrzambetov, D. Nadirbaev, P. Esengeldiev, K. Eshjanov, M. Pirlepesov, A. Sariev, N. Bauetdinov, A. Sharapov, O. Mamutov, R. Dosmbetov, A. Allanazarov, N. Duysenbaev, K. Bekpolatov, R. Baimbetov, Q. Baxiev, I. Saparov, A. Omirzakov, N. Baylepesov, A. Jumabekov, N. Xabipov, Z. Pirjanov, Z. Tadjimuratov, O. Dosnazarov, T. Ismailov, I. Polatov, Sh. Ashirbekov, D. Ramanov, R. Sultaniyazov, A. Xojanazarov, E. Qanaatov, O. Kurbanov, R. Jumabaev, A. Naurzbaev, N. Genjebaev, I. Aitmuratov, A. Esemuratov, K. Begaliev, M. Raxmanov, A. Seytmuratov Jinoyat kodeksining 104, 166, 244, 244-1 va 247-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Barcha sudlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sud jarayoni ochiq tarzda o`tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida to`g`ridan-to`g`ri kuzatishga mo`ljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 13:46

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 13:21

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 12:21

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 08:20

    'Dam olish kunlari havo harorati qanday bo'lishi ma'lum qilindi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:10

    Dam olish kunlari havo harorati qanday bo'lishi ma'lum qilindi

    Havo harorati ushbu kunlarda asta-sekinlik bilan ko‘tarilib, yakshanba kuni kunduzi 34-37 darajagacha yetadi.

    'Namanganda soyga cho‘kib ketgan 23 yoshli yigitning jasadi topildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:09

    Namanganda soyga cho‘kib ketgan 23 yoshli yigitning jasadi topildi

    Namangan viloyati Pop tumanidagi dam olish maskani hududida joylashgan "Chodaksoy" soyida cho'kib ketgan 23 yoshli yigitning jasadi topildi.