1

“Qizim mashhur bo`lishni xohlardi, o`ligi mashhur bo`ldi”. Toshkentda zo`rlab, o`ldirilgan 12 yoshli qizchaning onasi intervyu berdi ( video)

Jamiyat 04.02.2023, 01:03
“Qizim mashhur bo`lishni xohlardi, o`ligi mashhur bo`ldi”. Toshkentda zo`rlab, o`ldirilgan 12 yoshli qizchaning onasi intervyu berdi ( video)

Joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zo`rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan edi.

Bosh prokuratura holat yuzasidan batafsil ma`lumot berdi. Unga ko`ra, jinoyat ishi bo`yicha gumonlanuvchi  shaxs Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Marhumaning yaqinlari Hudud24'ga intervyu berdi.

Husnora opa (marhumaning buvisi):

– Katta qizim Umida yon qo`shnimizga kelin bo`ldi. Qizimni ammalari katta qilgan. Kuyovim tilla bola, mehribon bola. Qizi ham shunaqa edi. Man kuyov demasdim, katta o`g`lim derdim. Uchta qizli bo`lishdi, bu kattasi edi. Iyul oyida 13 yoshga kirardi. Bizni mahallamiz ikkiga ajralgan, o`rtada dala bor. Daladan o`tgan kanalda nechta odamni o`ligi topilgan. Qamishzor bo`lardi, o`shalardan qo`rqib qizimni o`zim katta qilayotgandim. O`zimni kechira olmayotganim, bu mahalladagi ariqlardan qo`rqib o`zimga olgandim, yonimdagi ariqdan o`ligi chiqdi.  

Umida (marhumaning onasi):

– Men 1993 yilman, uy bekasiman, hech qaerda ishlamayman. Faqat shu uchta qizim bilan shug`illanaman. Erim davlat ishida ishlaydi.  

Har kungiday bolamni maktabga kuzatgan edim. Ertalab maktabga shoshdi, katta buvimga ovqat tashaymanda keyin maktabga boraman dedi. Men o`sha kun aytdim, "Muslima bugun bormay qo`ya qol". "Yo`q, oyijon, ustozim har kuni nazorat qiladilar",–dedi.  

Har doim men katta odam bo`lishim kerak derdi. Styuardessa bo`lishni orzu qilardi, ingliz tilini ham yaxshi bilardi. Men xalqqa tanilishim kerak derdi, lekin o`ligi tanildi.  

Maktabdan yarim soat kechikdi. Kutib o`tirgan edik. Kelinim telefon qildi, Muslimani mahalla boshida ko`rishibdi, bormadimi deb so`radi. Ustozlarini, sinfdoshlarini hammasini raqami bor edi, doim nazoratda bo`lardi. Yomon yo`lga yurmagan.  

Yarim soat kech qolgandan keyin, ustoziga telefon qildim. Darsi tugaganini aytdi. Uch yarimda darsi tugagan, uyga kelguncha to`rtdan 15 daqiqa o`tadi. Sinfdoshi bilan bitta "kachela" uchganda, keyin uyga kelgan. Qiz bola o`rtog`i ko`prikni boshigacha kuzatib qo`ygan. Bir minutda uyga kelgan. Darvozani oldidan sudrab ketgan. Og`zini yopib, urgan. Chaqirsa hovlida edikku, eshitardik.

Husnora opa:

"Evrika" bog`chasi oldidagi kamera mahallaga kirayotganini ko`rsatgan, u yog`ini ko`rsatmagan. Maktabdan kech qolandan keyin "02" qildim. To`rt yarim beshlarda kelardi. Oltigacha kutdik. Hammada so`rab chiqdik ungacha. Ko`chada qolib ketadigan odati yo`q edi. O`rtoqlari bilan kelardi.  

Bo`yi uzingina, qorachadan kelgan qiz edi. Shunday qizimdan ayrildim. Hech qaysi dushmanimgayam ravo ko`rmayman.  

Umida:

O`sha yigitni (ayblanuvchini) akasiga telefon qildik birinchi. Muslima eshigilani oldigacha boribdi, ko`rmadinglarmi deb. Men qidirayotganda u yoqda bolamni bo`g`izlab o`ldirayotgan ekan. Men shularni o`zidan so`radim. 

Qog`ozbozlik. Aytyapman, darvozani oldidan qaerga yo`qolib qoladi. Sizlar qanaqa oilasizlar, sizlar nimasizlar deb so`rayapti. E yomon odam bo`lsa bolam shu ergacha kelmaydiku. U bu narsa bo`lsa, undan oldin ariza tushadiku. qo`ni-qo`shnidan so`rasa aytadiku. O`zi mahalla noziriku, taniydi bizni. Cho`zib o`tiribdi. O`sha paytda qog`ozbozlikni o`rniga bolamni qidirsa asrab qolsa bo`lardi. Yarim soat farq bilan bo`layotgan voqea.

Husnora opa:

Ertalab kamerani ko`rib kimligini aytishdi. Ishonmadim. Gumon iymondan ayiradi. Yon qo`shnim bunday qilmasa kerak. Yaqinda uyda remont qilganimizda qarashib yurgandi, haqini bergandik.  

30 yildan beri shu erda yashayapmiz, hech bir qo`shnimiz bilan yaxshi-yomon bo`lmaganmiz. Ularni oilasi bilan ham      
(ayblanuvchining oilasi)  yomon emas edik. Shu paytgacha menga ziyoni tegmadi, meni ham ularga ziyonim tegmadi. O`rtada begunoh qizim nobut bo`ldi.  

Umida:

Kechasi o`ngacha qidirmagan joyimiz qolmadi. Oxiri taslim bo`ldim. Qizimni o`ligini bo`lsayam topishga rozi edim.

Husnora opa:

Ozg`in bo`lsa ham kuchli qiz edi. Birov ursa, qaytarib uradigan qiz edi. Uyimni oldidan og`zini yopib olib ketgan.  

Umida:

U bola bizni chalg`itdi. Bizni boshqa yo`lga qaytardi. Dalaga olib ketdi. O`ziyam birga qidirishdi. Keyin bizni chaqirishdi. It topibdi.  Zabrni tagiga ikkita odam sig`adigan joy bor edi. O`sha erda o`ldirib, tashlab ketgan.

Odamlardan yordam so`rayman, mo`min-musulmonlardan yordam so`rayman, Qizimni haqqiga duo qilishsin. Prezidentimdan iltijo qilib so`rayman, umrbod qamoq jazosi berilsin, eng oliy jazo berilsin. Mahallamizdan chiqarib yuborilsin. Kichkina qizim maktab chiqayotganda bu qamoqdan chiqib keladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1