1

Qo`qonarava

Mutolaa 04.02.2023, 23:51
Qo`qonarava

Bir dala sababli Savruklardan Husayn Arkboshida Sariq Mahmudni otdi. Ottiz xonadondan iborat butun qishloq janjalga aralashdi. Hayratda edilar. Barcha qorquv bilan zobitlarning kelishini kutayotgan edi.  Vaholanki, mahkamagacha bu erdan olti soatlik yol edi. Qishloqdan biror kishi jinoyatdan xabar bermagunicha  hatto on besh kunlab bu erda qoralarini ham korsatishmasdi. Buni anchadan song bir qishloqlik eslatganidan keyin qahvaxonada qishloq oqsoqollari Husaynning otasi Mavlud oganing atrofida toplanishdi.   Sariq Mahmudning keksa onasidan boshqa hech kimi yoq edi. Kampir bilan yuzma-yuz korishib, da`vo qilmasligi uchun nasihat qila boshladilar. 
Imom: — Hoy kampir,  da`vo qilib nima topasan? — dedi. Mavlud oganing ogli odam oldirdi deb kim ham guvohlik berar edi? Guvohlik berdi ham deylik, oyda kamida ikki marta shaharchaga borsang, har safarida tort-besh kuningni zoe qilsang, dalaga ekinni kim ekadi, ishlaringni kim qiladi? Ikki kun yol bosib shaharchagacha borasan, guvohlaring kelmadi, keying hafta xabar ol  deb mahkamangni qoldirishadi. Kunini adashtirib borolmaysan, zobitlarning ozlari kelib olib ketishadi, ana undan keyin istasang ham qutila olmaysan, rozgoringda xalovat qolmaydi. Mana bu haqiqiy falokat. Haqning ozi shuni xohlabdi, Allohning amriga mahkamani qarshi qoyasanmi? Nima qilsang qil, ogling qaytib kelmaydi. Kel, yopigliq qozon yopiqligicha qolsin. Shusiz ham Sariq Mahmudning senga foydasi tegmayotgan edi, toy-u bayramda kezib, sotgan bir pudlik ekiningning pulini kongil xushlash uchun sovurardi. Bundan buyon  Mavlud oga kam-kostingdan xabar olib turishini aytayapti. Shunga nima deysan?
Kampir bu sozlarni bosh chayqab eshitarkan, yigidan qizargan namli kozlarini   qabariq qollari bilan artar, imom sozini tugatganda ham hamon bir maromda tebranishda davom etardi. Boshidagi yamoq va kir romoli ostidan tozgib chiqqan xinasi ochib, qurigan otni eslatuvchi sochlarini  yuzlari va nam yanoqlaridan oldi. Tushunarsiz mingirladi. 
Yigilganlardan yana bir nechtasi kampirning qarshisida chokkalab, biroz avrash, biroz tahdid shaklida soatlab: — Shunday emasmi? Aytsang-chi! Ma`qulmi? Aytaqol! — deyishdi. 
Bu vaqtda mayit tashqarida, qahvaxona bogchasidagi sorida bir boyraning ustida yotardi. Ustini eski va kir kigiz bilan orashgan edi. Bosh uchida ikki-uch pashsha vizillab aylanardi. Nariroqda quyoshdan kozlari qamashgan bir guruh yosh bolalar qollarida boylaridan baland tayoqlar bilan sas-sadosiz kigizdan chiqib turgan mayitning oyoqlariga qarashardi. Tovonlari va topiqlari batamom yirtilgan qalin jun paypoq ichida sargaygan harakasiz oyoqlar va uning ustida uchib, quyosh nurlarida yashil tusda tovlangan pashshalar ularga zavq berardi. Ora-sira ichlaridan biri ozini chaqirgan ovozni eshitib, onasining yoniga yugurar, birozdan song yana chopib kelib eski ornida avvalgidek harakasiz turardi. 
Qahvaxonadagilar asta-sekin tarqalishdi. Kampir oglining bosh uchiga borib otirdi. Bir qoli bilan pashshalarni haydar, boshqa qoli bilan keksalik va xastalikdan noxatdek kichraygan kozlarini artardi. Goyoki bemorning boshida turgandek edi. Qolini ogir-ogir silkitib pashshalarni haydardi. Bir qariya bogiq ovoz bilan bolalarni uylariga jonatib yubordi. Qolganlari ham sekin-sekin tarqaldilar. Bir nechta yigit mayitni uyiga olib borishdi. Kechga yaqin hammasi eski holiga qaytgandi. Jasad xuddi uzoq xastalikdan song oz ajali bilan olgandek sukunatda yuvildi va komildi. 

Mavlud oga azondan avval Sariq Mahmudning onasiga ikkita sogin echki bilan bir qop un va bir qogoz xalta shakar yubordi. 

Bir oycha keyin qishloqqa ikki otliq zobit keldi. Qahvaxona oldida otdan tushdilar. Ularni korib raisning yuragi gupullab ketdi, chunki ular mahkama zobitlari emas edi, katta ehtimol bilan viloyatdan kelishayotgandi. Zobitlardan biri darhol qogoz-qalam chiqardi. Raisdan boshlab har bir kishining ifodasini olishga kirishdi. Narigi zobit esa qishloq boylab kezardi.

Mavzu bir zumda butun qishloqqa tarqaldi. Husayn bilan kelisha olmagan va shaharchada kosiblik bilan shugillanadigan Savruklardan bolgan Galati Mahmud qishloqliklardan eshitgan jinoyat ishini darhol hukumatga etkazgan edi. Eng boshida ozi shifokorni olib kelmoqchi boldi. Keyin avgustning bu jaziramasida ot ustida kunlab yol yura olishiga kozi etmadi, jinoyatni taftish qilishlarini tayinlab sinchkov ikki zobitni jonatdi. Shifokor ehtiyotkorroq bolish uchun zobitlarga agar biror jinoyat sodir bolgan bolsa jasadni qabrdan chiqarib shaharchaga olib kelishlarini takror-takror tayinladi. 
Sariq Mahmudning onasi ifodasida hech narsa demadi. Faqat: — Men hech kimdan da`vogar emasman! — dedi. 
Ogling oz ajali bilan oldimi yoki kimdir oq uzdimi? — savoliga ham mana shu jumla bilan javob berdi. 

Hamon dardli edi, faqat hukumat eshiklarida sargardon bolish unga oglining olimidan kora qorqinchliroq tuyulardi. Ottiz yil avval shaharchadagi bozorda qishloqliklardan biri bir xalta bulgur ogirlatgan va uni guvoh qilib korsatgan edi. Oshanda naq olti oy mahkamaga borib kelganini va erlarining qarovsiz qolganini oyladi. Holbuki u paytlar yoshroq edi…

Bundan tashqari Mahmud qaytib kelmasdi, qolaversa Mavlud ogani dushman qilish ham xayrli bolmasdi, keyin qishloqda ochlikdan olardi. Shu boisdan faqat inkor qildi. 

Asrdan keyin zobitlar qishloqliklar bilan qabristonga borib Mahmudning murdasini qabrdan chiqardilar. Faqat yarim metr tuproqning ostida bolgan jasaddan noxush hid anqirdi. Hamma besh-olti qadam ortga tisarildi. Zobitlar Mahmudning onasini chaqirib: — Qani aravani qosh! Oglingni shaharchaga olib borasan… Shifokor tekshiradi! — deyishdi.
Ayol: — Oglimni qabrda ham tinch qoymadilar! — deb ozini urar, tiz chokib Anadolu ayollaridek ovozsiz, hiqqillab yiglardi. Toxtamasdan tebranar, qadoq qollari bilan yuz-kozini mushtlardi. Zobitlardan biri  oyogi bilan orqasidan  engil turtib: — Qani tur! — dedi.

Ayol  aravani qoshdi, oglining qurtlagan murdasini parcha-parcha bolgan korpaga oradi, eski bir korpachani aravaga yozib, murdani uning ustiga yotqizib, hammasini birga bogladi. Bularni bajararkan dam-badam toxtar, biroz yiglab oz-oziga gapirar va yana takror ishida davom etardi. Kech tushgach yolgiz yolga chiqdi. Zobitlar avvalroq raisni, imomni, Savruklardan Husaynni bir-biriga boglab, oldilariga solib olib ketishgan edi.

Kampir ikkita oriq va kichik, bitta eshakdek kattalikdagi hokiz tortib ketayotgan qoqonaravaning orqasida yalang oyoqlari toshlarga urilib, qolida tayoq bilan yigidan bogilgan ovozida hokizlarga baqirishga urinib borardi. Yoz kechalarini yoritgan oyning nurida chiyaborilarning ovozini bostirib gichirlab ogir-ogir ildamlayotgan bu arava hech ham olik ortilganga oxshamasdi: hokizlar sirtlariga tushib turgan oy nurida kuchli va soglom, yamoq korpa va eski qoqonarava nodir bir ma`dandan yasalgandek chiroyli hamda yangi korinardi. Ayolning soyasi qolidagi tayoq bilan barobar, oq toshlarga, tonkalarga urilib mertlarcha uzayar, raqs tushayotgandek harakatlanardi.

Holbuki, oltmishlar atrofidagi ayol aravadan kelayotgan noxush hiddan ozini yoqotgan, qoqila-qoqila yurar, ba`zan kutilmaganda tezlashgan hokizlarning yonida ketishga urinardi. Borgan sari oyoqlari sudralib, ichiga yuta-yuta yiglashdan opkasi tolib, nafas olishga qiynala boshladi.

Aravaning bir chetidan tutib yana biroz yurdi. Oyoqlari bir-biriga chalishib ketardi. Hokizlarga “hoosh” deb baqirishni istadi, ovozi bogziga tiqildi, arava qollaridan sirgalib chiqib ketdi, erga yiqildi, chang ichida takror oyoqqa turdi va yugurdi. Qarshi tarafdan esa boshlagan salqin shamol koylagi va lozimini uchirar, yirtiq romolini qora bayroq kabi hilpiratardi.Aravaga eta olmay yana yiqildi, yuzi yolning oq va kuldek tuproq zarralariga komildi.

Arava toshlarga urilgancha ustida boglangan jasadni ikki tarafga otar, balandlab-pastlab borar, dardli chiyillar, oy nuri ostida va tunning sassizligi ichida orqasidan engil chang tozoni qoldirib, ogir-ogir oz bilganicha ildamlardi.  

Sabahattin Ali, 1935

Shahribonu Farmonova tarjimasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1