1

⚡️ Turkiyadagi zilzilada O`zbekiston fuqarolarining jabrlangani yoki halok bo`lgani haqida ma`lumot kelib tushmadi — TIV

Siyosat 06.02.2023, 11:35
⚡️ Turkiyadagi zilzilada O`zbekiston fuqarolarining jabrlangani yoki halok bo`lgani haqida ma`lumot kelib tushmadi — TIV

Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya bilan chegara yaqinida 7,4 ballik kuchli zilzila yuz berdi. Hozirga qadar zilzila kuchi sezilgan Turkiya, Suriya, Kipr va Livanda qurbonlar soni 100dan oshib ketdi. Ayni paytda eng ko`p talofat ko`rgan va qurbonlar ko`p bo`lgan hudud Turkiya bo`lib turibdi. Hodisa yuzasidan O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 6 fevral Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok bo`lgan va jarohatlangan O`zbekiston fuqarolari bo`yicha ma`lumot kelib tushmagan.

O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Anqaradagi Elchixonasi (tel.: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) va/yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39) murojaat qilishlari mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1