Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya bilan chegara yaqinida 7,4 ballik kuchli zilzila yuz berdi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Turkiyada 76 dan ortiq, qo`shni Suriyada esa 50 dan ortiq kishi halok bo`lgan. Qurbonlar soni muttasil ortib bormoqda.
Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko`plab odam qurbon bo`lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko`rilgani munosabati bilan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`onga hamdardlik yo`lladi. Bu haqda Prezxident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, qardosh Turkiya etakchisi va xalqiga chuqur ta`ziya izhor etib, davlat rahbari vafot etganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog`ayib ketishini tiladi.