AsosiyDunyo
4727

Turkiyada zilzila tufayli vafot etganlar soni bir yarim mingga etdi

'Turkiyada zilzila tufayli vafot etganlar soni bir yarim mingga etdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, bugun Turkiyaning ko`plab mintaqalarida zilzilalar qayd etildi.

Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on zilzila oqibatida 912 kishi halok bo`lganini ma`lum qilgani haqida xabar bergan edik.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Turkiya janubi-sharqida yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 1498 kishiga etdi. Bu haqda Turkiya televideniesi Favqulodda vaziyatlar vaziri Yunus Sezer ma`lum qildi. 

Sezer avvalroq 1121 kishi halok bo`lgani va 2824 bino vayron bo`lganini xabar qilgan edi. Shuningdek, u 7,7 magnitudali birinchi zilzila qayd etilgan kechadan beri mintaqada yana 105 ta er silkinishi sodir bo`lganini qo`shimcha qildi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar