1

«Singlim va erim... xiyonatga chidolmayapman!»

SUG'DIYONA 23.09.2016, 13:38
Teglar: Ayol, Oila
«Singlim va erim... xiyonatga chidolmayapman!»

— Birinchi bor turmush qurib og`zim kuygan. Erim bilan chiqisholmay, ota uyimga qaytgandim. Qizim bor, hozir kap-katta bo`lib qoldi. Qaytib kelgan paytlarimda dunyo ko`ziga qorng`u ko`rinardi, mana shunday og`ir damlarda kichik singlim dalda bo`lib, jonimga oro kirgan. Shu-shu oramizdan qil o`tmaydigan dugonadek edik. Aksiga olib, uning ham turmushi bo`lmay, ajrashishga majbur bo`ldi. Bu orada menga sovchilar kela boshladi. Bir bor og`zi kuygan odam qatiqni ham puflab ichadi deyishganicha bor ekan. Ikkinchi marta turmush qurish oldidan uzoq o`ylandim. Qarorim qizimning tarbiyasiga yomon ta`sir qilishidan qo`rqardim. Umr esa to`xtamay o`tib boraverar ekan. Yaqinlarimning roziligi bilan ustachilik qiladigan bir inson bilan oila qurdim. Ro`zg`or og`irliklari mening bo`ynimda edi. Oilam tinch bo`lsin, yaqinlarim hech narsaga zoriqmasin deb kunu tun tinim bilmay harakat qilaverib, erimning egri qadamlarini sezmay qolibman. Taqdir hazilini qarangki, o`sha yaxshi ko`rgan, sirdosh singlim o`z pochchasining jazmani ekan. Ularning xiyonatiga guvoh bo`lganimga ham bir oydan oshdi. Bo`lgan voqealar hech ko`z o`ngimdan ketmayapti, sira hazm qila olmayapman! Erim-ku mayli, etti yot begona, ammo o`z jigarimning nima sababdan bunday tubanlikka qo`l urganiga aqlim etmayapti. Xayolimda faqat shu savol aylanaveradi. Agar uning o`rnida dugonam yoki begona ayol bo`lganida ham chidashim, kechirishim mumkin edi... Endi qanday ko`zimga qaraydi, uni qanday jigarim deyman? Erim kechirim so`rab oldimga keldi, qizim bu gaplardan xabar topmasin deb, xiyonatkor bilan bir tom ostida yashayapmiz. O`zimdan o`tganini o`zim bilayapman, bu turishda yo kasal bo`lib qolaman, yo ich-etimni eb bitiraman. Singlim esa tinmay qo`ng`iroq qiladi, ammo unga javob berishni istamayman. Endi nima qilishga boshim qotib qoldi, maslahat bering.

Ismi sir tutildi

 

Qaynonajon: — Ona qizim, hayot turli murakkabliklardan iborat. Mana shu muammolarni echish, qiyinchiliklardan ustun kelish uchun sabr, chidam va kechirimlilik zarur bo`ladi. Eshitganim bor, vafot etgan opaning bolalariga begona ayol o`gaylik qilmasin uchun singlisini uzatishgan. Ammo nomi o`chgur xiyonatning bu turini endi eshitdim. Kechirish qiyin, unutish osonmas. Lekin har qanday og`ir dardning davosi vaqt bo`lgani uchun kunlar va yillar o`zingizga iroda, qalbingizga shifo olib kelishini tilab qolamiz. Jon qizim, bardam bo`ling. Singilni kechirishga kuch topa olsangiz, eng kuchli insonsiz. Kechirolmasangiz, dard va alam ichingizda qolib ketadi. Bu voqealar bilmaganlar uchun sir bo`lib qolaversin. Qizingizni yaxshi tarbiyalang, bor mehr va e`tiboringizni unga bag`ishlang. Hayot shunday beayov o`z izmida davom etaveradi. Ha, yashash kerak, yashaganda ham odamlar orasida baxtini topgan ayol bo`lib yashash lozim. Aslida, siz emas, o`sha iflos ishga, xiyonatga qo`l urganlar boshini egib yursin. Uyat ularga, sharmadayi-sharmisorlik! Insonlar birovning baxtiga changal solmasdan o`z baxtini izlasa bo`lmaydimi axir?! Bu hayotda halol yashash kerak, birovning toleiga chang solish katta gunoh. 

 

Shahnoza Xalilova, ruhshunos: — Chindan ham og`ir vaziyat. Ikki tomonlama xiyonatga duch kelgan insonning dardini tushunish, dalda berish ham mushkul. Birinchi turmushingizdan ajrashganingiz, ikkinchisining ham qil ustida turgani insonlarga, ayniqsa, erkaklarga nisbatan ishonchingizni so`ndirgan. Singlingiz haqida-ku biror so`z aytishga ojizman. Biroq hozir munosabatlarga oydinlik kiritadigan, sababu oqibatlarni aniqlashtiradigan vaqt emas. Birinchi galdagi vazifangiz ichki alamlardan va og`riqlardan xalos bo`lish. Ruhiy quvvatingiz tiklanganidan keyin boshqa muammolarning echimi o`z-o`zidan kela boshlaydi. Agar ichki alamlaringizga bas kelishga qiynalayotgan bo`lsangiz, malakali mutaxassis yordamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1