— Bir nafar farzandim uchun aliment to`lardim. Biroq ayni dam ishsiz qolganim tufayli to`lovni amalga oshirishga qurbim etmayapti. Qanday qilib alimentdan qarz bo`lmasligim mumkin? Ishsizlardan ham aliment olinadi deb eshitgandim.
Durshod Durdiev, Qashqadaryo viloyati
— Aliment to`lovchi qarzdor doimiy ish faoliyati bilan band bo`lmasa, shu hududdagi aliment to`lovi uchun belgilangan koeffisentlar asosida to`lovni amalga oshiradi. Bu koeffisient shu hududdagi o`rtacha ish haqiga nisbatan belgilanadi.