AsosiySiyosat

Pokiston bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilinadi

'Pokiston bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilinadi'ning rasmi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–45-son, 06.02.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, O`zbekistan bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o`rtasida imtiyozli savdo to`g`risida bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022 yil 3 martda Islomobod shahrida imzolangan.

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo`mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

 Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar