1

Professional boks: Ahmadalievning jang sanasi e`lon qilindi

Sport 09.02.2023, 13:36
Professional boks: Ahmadalievning jang sanasi e`lon qilindi

"Matchroom Boxing" professional boksning WBA va IBF yo`nalishlari bo`yicha yarim engil vazn toifasida jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev ishtirokidagi navbatdagi jangni rasman e`lon qildi.

Professional bokschimiz joriy yil 8 aprel kuni AQShning Texas shatatida o`tkaziladigan professional boks oqshomida o`ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini filippinlik Marlon Tapalesdan himoya qiladi.  

Ahmadaliev bugungi kungacha professional boksda 11 ta jang o`tkazib, barchasida g`alaba qozongan. 8 ta jangni u muddatidan oldin yakunlagan.  

30 yoshli Marlon Tapales esa professional boksda 39 marotaba ringga ko`tarilgan. Janglarining 36 tasida g`alabaga erishgan (19 ta nokaut). 3 ta jangda mag`lubiyatga uchragan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1