Xalqaro boks federasiyasi (IBF) professional boksda faoliyatini olib borayotgan charm qo`lqop ustalarining yangilangan reytingini e`lon qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu reytingdan o`zbekistonlik uch nafar bokschi o`rin olgandi. Yangilangan reytingda ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kilogramm) Murodjon Ahmadaliev birinchi o`rinda qayd etilgan. M.Ahmadaliev, shuningdek, WBA yo`nalishi chempioni hisoblanadi.
Birinchi yarim o`rta vazn toifasida (-63,5 kilogramm) Shoxjahon Ergashev oltinchi o`rinni band etgan. Ushbu vazn toifasida reytingni jahon chempioni Josh Teylor boshqarib turibdi.
Yarim o`rta vazn (-66,6 kilogramm) toifasida Qudratillo Abduqahhorov 1-pog`onani saqlab qoldi. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy da`vogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.