AsosiyJamiyat

Muhokamalarga sabab bo`layotgan Surxondaryodagi gaz koni bo`yicha munosabat bildirildi

'Muhokamalarga sabab bo`layotgan Surxondaryodagi gaz koni bo`yicha munosabat bildirildi'ning rasmi

So`nggi kunlarda Ozodlik radiosining "Kreml changalidagi o`zbek gazi" sarlavhali surishtiruvi ijtimoiy tarmoqlarning o`zbek segmentida shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Surishtiruvda o`zbek gazi suvtekin narxda Rossiya kompaniyalariga sotib yuborilgani aytilgan.  

Holat bo`yicha “Surhan Gas Chemical Operating Company” MChJ munosabat bildirdi. 

“Surhan Gas Chemical Operating Company” MChJ “O`zbekiston mustaqilligi” investision blokiga nisbatan mahsulotlarni taqsimlash haqida bitim bo`yicha Operator bo`lib, unda O`zbekiston Respublikasi Curxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasini qurish bilan “Mustaqillikning 25 yilligi” koni o`rganish va qazish ko`zda tutilgan. Surhan Investments Limited (Gonkong) bitimga ko`ra investor hisoblanadi.

2017 yilda “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to`g`risida”gi 7 dekabr 2001 yildagi 312-II-son Qonunga muvofiq Surxondaryo viloyatidagi “O`zbekiston mustaqilligi” investision bloki bo`yicha bitim imzolandi. Ushbu bitim O`zbekiston Respublikasidagi boshqa kon va bloklarga taalluqli emas. Bitim bo`yicha investorning benefisiari o`zbek tadbirkori Fozilov B.Sh. va rossiyalik tadbirkor Filatov A.V, shuningdek aksiyalarning 20 foizi “O`zbekneftegaz” AJ davlat kompaniyasiga tegishli. Ta`kidlash joizki aksionerlar tarkibida boshqa investor va ishtirokchilar yo`q.

Bitimni imzolash vaqtida konda qazish ishlari olib borilmagan. Kondagi birinchi quduq 1975 yilda “O`zbekneft” uyushmasi tomonidan qazilgan. Keyingi qirq yildan ortiq vaqt davomida konni ishga tushirishning iloji bo`lmadi, chunki uning zaxiralarini olish qiyin, gaz yuqori oltingugurtlidir, konning o`zi esa juda murakkab tog`-geologik shart-sharoitlar bilan tavsiflanadi va bu DeGolyer & MacNaughton xalqaro kompaniyasining xulosalar bilan tasdiqlangan. 2006-2008 yillarda Petronas xalqaro kompaniyasining jalb qilinishi ham qazish bosqichiga o`tishga imkon bermadi.

Investor  geologik qidiruv ishlarini olib borish, konni o`zlashtirish, zavod va zarur infratuzilmani amalga oshirish majburiyatlarini o`z zimmasiga oldi. Shu bilan birga, investor “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to`g`risida”gi Qonunga muvofiq loyihaning barcha moliyaviy va geologik xavflarini o`z zimmasiga oladi.

Loyihaga zarur investisiyalar hajmi 2 milliard AQSh dollardan ko`proq baholanib, bu ko`rsatkich o`sishi ko`zda tutilmoqda. Barcha investisiyalar investor tomonidan davlat mablag`larini jalb qilmasdan “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to`g`risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.

“Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to`g`risida”gi Qonuniga ko`ra bitim bo`yicha barcha ishlar O`zbekiston Respublikasida ta`sis etilgan operator tomonidan amalga oshiriladi. Ishni bajarish uchun operator neft va gaz sohasida katta tajribaga ega bo`lgan O`zbekiston va xorijiy mamlakatlardan eng malakali kadrlarni jalb qilmoqda. Operator faoliyati bir necha bosqichlarda bevosita davlat tomonidan, shu jumladan, O`zbekiston Respublikasi vazirliklari va Vazirlar Mahkamasi vakillari bo`lgan Boshqaruv qo`mitasi orqali nazorat qilinadi. Operatorning yillik ish dasturlari, byudjetlari, muhim shartnomalari va audit hisoboti Boshqaruv qo`mitasi bilan kelishiladi.

Gazni qayta ishlash zavodi qurilishi tugagandan so`ng va ishlab chiqarish boshlanishi, gaz sotishdan tushgan tushum (soliqlar keyin xarajatlarni qoplash) O`zbekiston Respublikasi va investor o`rtasida 50 ga 50 foiz (50/50%) bo`lgan nisbatda taqsimlanadi va loyihaning moliyaviy ko`rsatkichlari yaxshi bo`lgan taqdirda Davlat ulushi 80% ni tashkil qiladi", - deyiladi kompaniya munosabatida.

Mavzuga doir:

“Sanoat energetika guruhi” O`zbekiston energetika tizimi haqidagi shov-shuvli xabarlarga munosabat bildirdi

O`zbekistonning barcha gazi Rossiya kompaniyasiga 35 yilga sotilganmi?

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar