Saudiya Arabistoni futbol federasiyasiga ko`ra, 12-22 dekabr kunlari bo`lib o`tadigan klublar o`rtasidagi 2023 yilgi jahon chempionatiga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Saudiya Arabistoni sport vaziri shahzoda Abdulaziz bin Turki al-Faysal FIFA’ning saudiyaliklarga turnir mezbonlik qilish imkoniyatini berish haqidagi qaroriga izoh berdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
“Biz bunday imkoniyatdan faxrlanamiz va dunyoning eng kuchli futbol klublari va ularning muxlislarini qirolligimizda kutib olishdan xursand bo`lamiz”, — dedi sport vaziri.