1

Siz qanday onasiz? Yoxud etti toifadagi onalar portreti

SUG'DIYONA 26.09.2016, 11:20
Teglar: Farzand, Ayol, Ona, Oila, Ona va bola
Siz qanday onasiz? Yoxud etti toifadagi onalar portreti

Bugun e`tiboringizga etti toifadagi onalar portretini havola etamiz. Ularning qaysidadir o`zingizni ko`rasiz. O`z kuchli va ojiz jihatlaringizni tanqidiy baholashingizni taklif etamiz. O`ta mas`uliyatli va bexalovatlarga aybdorlik hissini qalblaridan chiqarib tashlashni tavsiya etamiz. Baribir bolaning har bir istagini bajo keltirolmaysiz va bunday qilish har doim ham shart emas. O`ziga ishongan, oilada hukmron bo`lgan onalar esa o`zlari to`g`ri va kerakli deb bilgan hamma narsani ham bola uchun yaxshi deb bo`lmasligini o`ylab ko`rishlari o`rinli. Xullas, farzand tarbiyasi borasida gap ketganda avvalo o`zingiz qanday ona ekaningizga chetdan turib baho berib ko`ring.

«Boshliq ona»

Shunday oilalarni ko`rganmisiz: doim bolalar kulgisi, qiyqirig`i jaranglab turadigan, qo`shni bolakaylar ham vaqtlarini shu erda o`tkazishni xush ko`radigan, shovqin-suronli va quvnoq… U erda erkinlik hukmron: xohlagancha sakrash, yugurish mumkin, divandan sakrashni hech kim ta`qiqlamaydi…

Bu quvnoqlik markazida esa ona bo`ladi. Bolachalar bilan o`ynayverganidan sochlari to`zib ketgan, xalatining bir tugmasi tushib qolgan. Kenjasi endigina yurishni o`rganayapti, u esa navbatdagi farzandiga homilador.

«Boshliq ona» tabiatning nasl qoldirish «topshirig`i»ni oson uddalaydi. U farzandiga shapaloq tortishi mumkin, lekin jahl bilan emas, shunchaki u o`z o`rnini bilishi uchun buni ham mehr bilan qiladi.

«Bosh8liq ona»ning o`z farzandlarini boshqarishi oson. Masalan, «ertaga toqqa boramiz. Ovqat va suv olib ketmaymiz, qanchalik chidamliligimizni sinab ko`ramiz. Injiq, noliydiganlar uyda qoladi. Men bilan Kim boradi?» deb so`rab ko`rishi mumkin. Noliydiganlar bo`lmaydi. Sayrga hamma boradi. Chunki bolalar unga ishonadi va bajonidil bo`ysunadi. «Boshliq ona» kamchilik va zaifliklarga chidolmaydi. Buning uchun bolani xafa qilishi mumkin, lekin buni ataylab qilmaydi.

Lekin bolalar o`yiniga bir zumda qo`shilib ketadi, o`zi ham boladek bo`la oladi. «Boshliq ona» bolalarni «o`zimniki-begona»ga ajratmaydi. O`g`il bolalar u bilan o`ynab maza qiladi. Chunki u jasur, serg`ayrat, o`yin paytida yirtilib qolgan kiyimchasi uchun koyimaydi. Shapatilab qo`yadi-yu, shu zahoti unutadi.

«Boshliq ona» nimalarni o`rgatishi yoki o`rgatmasligi mumkin?

O`rgatishi mumkin:

  • Tashabbuskorlikka;
  • Mustaqillikka;
  • Insonlarni yaxshi ko`rishga;
  • Tez qaror qabul qilishga.

O`rgatishi amri mahol:

  • Tartib-intizomga;
  • Buyumlar va pulga ehtiyotkorona munosabatni;
  • Ehtiyotkorlikni;
  • sezgirlikni.

«Hazil ko`tara olmaydigan ona»

Hammaning uyi har xil: chiroyli, tartibsiz, shinam, saranjom-sarishta, shuningdek, sovuq. Harorat nuqtai nazaridan emas, insoniy iliqlik jihatidan sovuq. «Hazil ko`tara olmaydigan ona»ning uyida har doim bir xildagi beparvolik hukm suradi. Hammasi hisob-kitob qilingan, ilmiy asoslangan.

U bola yig`isi sababini shubha bilan o`rganadi: rostdan ham unga yordam kerakmi yo bu navbatdagi bolalarcha injiqlikmi? Farzand ko`rishga tayyorlanar ekan, bu boradagi adabiyot va qo`llanmalarni o`rganadi. Masalan, yig`i haqida «bu organizmning tabiiy himoya reaksiyasi» ekanini o`qigan. Shuning uchun bola yig`lasa, u bunga ilmiy yondoshadi, sabablarini o`rganadi. Bunday onalar ona va bola o`rtasida masofa bo`lishi kerak deb hisoblaydi. U bolani erkalatib yuborsak, «buzamiz», qattiqqo`lroq bo`lsak, jamiyatdagi hayotga tayyorlaymiz, deb hisoblaydi. Bunday onalar o`tkir tili bilan har qanday shumtakani jismoniy kuch ishlatmasdan tinchlantira oladi.

Ichki olami sovuq va ko`ngilchan bo`lmagan bu ayol boshqalarning dardiga befarq, u qat`iy va qahri qattiq. Tabiatan xudbinroq. O`ziga nisbatan bildirilgan har qanday tanqidni yovuz niyat deb baholaydi.

Bolalarda bunday ona bilan hissiy yaqinlik bo`lmaydi. Ular ulg`aygandagina aqlli, murakkab hayotni tushunadigan, o`qimishli onasi borligini baholay olishadi. Bunday ona hayotda donishmand maslahatchi bo`la oladi.

«Hazil ko`tara olmaydigan ona» nimalarni o`rgatishi yoki o`rgatmasligi mumkin?

O`rgatishi mumkin:

  • uddaburonlikni;
  • muomalaga ustalikni;
  • ehtiyotkorlikni;
  • fe`l-atvor qoliplarini o`zgartirishni.

O`rgatishi amri mahol:

  • ko`ngilchanlikni;
  • mehribonlikni;
  • tashabbuskorlikni;
  • boshqalar bilan murosaga kela olishni.

«Xayolparast ona»

«Xayolparast ona», bu — hali ulg`aymagan ona. Bir tomondan, u bolalarcha injiq va tez xafa bo`ladigan, boshqa tomondan hayotni bolaligida qanday qabul qilgan bo`lsa, o`sha tasavvurini hamon yo`qotmagan. U inidan tushib ketgan qush polaponini qutqarishga yoki mushukning yaralangan panjasini bog`lashga bolalar bilan birga borishi mumkin.

Bunday ona ta`sirchan, ko`ngilchan, sezgir. Bolalar unga talpinadi. U bolalar uchun ajoyib tarbiyasi bo`ladi.

Shu bilan birga, u ishbilarmon emas, o`z orzulari olamida yashaydi va real hayotga moslashishi qiyin. Shuning uchun himoya, dalda izlaydi. Umuman, shu sifatlari ham uning bolalar bilan munosabatda muhim o`rin tutadi. Bolalar himoyalash, qo`riqlash, o`zlarini kuchli inson sifatida his qilish, yaqinlari uchun mas`uliyatni tuyishni o`rganadi.

O`yinga ham bolalarcha quvnoqlik, samimiylik bilan yondoshadi. U bilan bekinmachoq o`ynash, arg`amchida sakrash, «ona-bola» o`yini o`ynash mumkin.

«Xayolparast ona» nimalarni o`rgatishi yoki o`rgatmasligi mumkin?

O`rgatishi mumkin:

  • bilimga intilishni;
  • insonlarga g`amxo`rona munosabatni;
  • kuzatuvchanlikni;
  • muloyimlikni.

O`rgatishi amri mahol:

  • sabrlilikni;
  • serg`ayratlikni;
  • qiyinchiliklarni engishni;
  • hissiy chidamlilikni.

«Karaxt, uyquchi ona»

Oyi, olma egim kelayapti!

— Olmami? Hozir, hozir… — muzlatkichni ochib yopdi.

— Piyozni nima qilaman?! Olma bering!

— Voy, ha-ya… xo`sh, xo`sh, olma qaerda edi?

Qizaloq xafa bo`lib, qovog`ini osadi.

— Qizim, meni tinch qo`y. Bor, qo`g`irchoqlaringni o`yna. Bugun juda og`ir kun bo`ldi… Olma qaerda o`zi?… Uyda olma bor edi shekilli... Yo tushimda ko`rganmidim?.. Qizim, yaqinda buving keldi va senga olma beradi… Voyey, bunday yashab bo`lmaydi...

«Karaxt ona» bolalarning eng oddiy muammolarini ham hal qila olmaydi, ularni osongina kimningdir gardaniga qo`yib qo`ya qoladi.

U xayolparastlikka, depressiyaga va pessimizmga moyil: o`z tasavvurilagi ideallarga bandi, charchagan va xafsalasiz, o`z fikr va tashvishlariga o`ralashib qolgan, bola va uning talablaridan chetda, u bilan xudi jonli qo`g`irchoqdek munosabatda bo`ladi.

«Karaxt ona» nimalarni o`rgatishi yoki o`rgatmasligi mumkin?

O`rgatishi mumkin:

  • bor kuchini berib ishlashni;
  • ziyraklikni;
  • xushmuomalalikni;
  • Halollikni.

O`rgatishi amri mahol:

  • intizomlilikni;
  • mantiqiylikni;
  • ishbilarmonlikni;
  • odamlar bilan murosaga kelishni.

«Nasihatgo`y ona»

«Nasihatgo`y ona»ning gaplariga quloq solmaslik mumkin emas. Buyruqlar qo`mondonlarnikidek ovozda beriladi, izoh va bajarishning kechikishi aslo mumkin emas. Uning rahbarona ko`rsatmalariga qat`iy rioya qilinishi shart. Ular bolaning ichki ehtiyojlari bilan mos kelmaydi va ularni bajarishni har doim ham istayvermasa-da, bajarish kerak, chunki oila prinsipi shuni talab etadi.

Bunday ona doim haq gapni aytadi. «Nasihatgo`y ona» uyidagi qoidalar mantiqiy, tushunarli va bajarishga qulay.

Uning o`zi ham qoidalarga binoan yashaydi va bolalaridan ham shuni talab qiladi: yiqildingmi — turg`izib qo`y, to`kdingmi — artib ol, ochdingmi — yop, boshladingmi — tugat, yiqildingmi — tur…

«Nasihatgo`y ona»ning o`zi ham tinmaydi va boshqalardan ham shuni talab qiladi. U tuyg`ularini oshkor etavermaydi. Shovqin, o`yin-kulgini vaqtni behuda o`tkazish deb biladi. Bolani erkalatib yuborishdan qo`rqadi, farzandining barcha kamchiliklarini yuzaga chiqarish va o`ziga ko`rsatishni o`z burchi deb biladi.

«Nasihatgo`y ona»dan bola tartib-intizomni o`rganadi. Chunki u bolaga o`zi namuna bo`ladi. Jiddiy hayotiy muammolarni «oh-voh»larsiz hal etishni o`rgatadi.

«Nasihatgo`y ona» nimalarni o`rgatishi yoki o`rgatmasligi mumkin?

O`rgatishi mumkin:

  • intizomlilikni;
  • burch va vazifalarini his etishni;
  • tashkilotchilikni;
  • mantiqiylikni.

O`rgatishi amri mahol:

  • sabrlilikni;
  • ko`ngilchanlikni;
  • vazminlikni;
  • nostandart qarorlar qabul qila olishni.

«Parvona ona»

«Parvona ona» sabrli va vazmin, bolalarini o`zidan uzoqlashtirib yubormaydi, doim g`amxo`rlik qiladi. U doim xavotirda, o`zini qurdon qilishga-da tayyor, bolasi uchun har nimaga tayyor. Faqat bolaning «xavfli» mustaqilligi va faolligiga yo`l qo`ymasa bo`lgani. Bunday onaning g`amxo`rligi ko`pincha bola uchun erish tuyulishi mumkin. Chunki u mustaqillikka intiladi. Bunday muhitda ulg`aygan bola hayotda qanday vaziyatga tushib qolishidan qat`i nazar, unga yordam berishadi, qiyin daqiqalarda qo`llab-quvvatlashadi, degan tushuncha singib qoladi.

«Parvona ona» nimalarni o`rgatishi yoki o`rgatmasligi mumkin?

O`rgatishi mumkin:

  • pokizalikni;
  • sabrlilikni;
  • ishga yuqori layoqatlilikni;
  • haqqoniylikni.

O`rgatishi amri mahol:

  • tashabbuskorlikni;
  • bir holatdan boshqa holatga tez o`tishni;
  • saxiylikni;
  • uddaburonlikni.

«Xovliqma, bexalovat ona»

«Xovliqma, bexalovat ona» o`zgaruvchan, ko`ngliga kelgan ishni qilaveradigan, izchillikka rioya qilmaydigan va o`z-o`zini inkor qiladiganlar toifasidan. U o`zini  u yoqdan bu yoqqa uradi, har qanday arzimas narsadan muammo keltirib chiqaraveradigan «qobiliyat»ga ega. Keyin yuzaga kelgan muammodan ta`sirlanib, darhol hal qilishga kirishib ketadi.

«Xovliqma ona»ning so`z boyligi boy, u aniq, yaqqol gapiradi. Hazillar, latifalar, obrazli taqqoslashlar uning nuqtini to`ldiradi. Bunday ona bolalariga ona tilining barcha boyligini hech bir qiyinliksiz etkaza oladi. Bundan tashqari, u quvnoq va xushchaqchaq, atrofida doim odamlar bo`ladi. Shuning uchun bolalar bolalikning ilk davrlaridanoq turli insonlar bilan muloqotda bo`ladi.

«Bexalovat ona» nimalarni o`rgatishi yoki o`rgatmasligi mumkin?

O`rgatishi mumkin:

  • tez moslashuvchanlikni;
  • kirishimlilikni;
  • bir holatdan boshqa holatga tez o`tishni;
  • xushmuomalalikni.

O`rgatishi amri mahol:

  • tashkilotchilikni;
  • halollik, vijdonlilikni;
  • vazminlikni;
  • burch va vazifalarini his etishni.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1