AsosiySport

Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari chiptalarining boshlang`ich narxi ma`lum bo`ldi

'Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari chiptalarining boshlang`ich narxi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

"Parij-2024" yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari uchun chiptalar narxi e`lon qilindi.

Bu haqda "Parij-2024" tashkiliy qo`mitasi xabar berdi. Xabarga ko`ra, barcha sport turlari uchun chiptalar narxi 15 evrodan boshlanadi. Chiptalar sotuvi joriy yil kuzida yo`lga qo`yiladi.  

Eslatib o`tamiz, Fransiya poytaxtida o`tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o`yinlari 2024 yil 26 iyul -11 avgust kunlari bo`lib o`tsa, XVII yozgi Paralimpiya o`yinlari kelgusi yil 28 avgust — 8 sentyabr kunlari tashkil etiladi.  

    Boshqa yangiliklar