AsosiyDunyo

Ayol ikki bolasi bilan, 74 yoshli onaxon va 42 yoshli xotin... Turkiyada zilziladan 10 kun o`tib ham odamlar omon olib chiqilmoqda

'Ayol ikki bolasi bilan, 74 yoshli onaxon va 42 yoshli xotin... Turkiyada zilziladan 10 kun o`tib ham odamlar omon olib chiqilmoqda'ning rasmi

Turkiyada dahshatli zilzila vayronalari ostidan odamlarni qutqarish ishlari davom etmoqda. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar bermoqda.  

Jumladan, Turkiya janubidagi Hatay viloyatida halokatli zilziladan 228 soat o`tib bir ayol va uning ikki farzandi qutqarib olindi. Qutqaruvchilar Antakyaning Oymak ko`chasida qulagan turar-joy binolaridan birining vayronalari ostidan Elya ismli ayol va bolalarni qutqarib oldi. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatilganidan keyin uchala qutqarilgan ham kasalxonaga etkazilgan.

Qahramanmarash viloyatida 74 yoshli Jemil Kekech halokatli zilziladan keyin 227-soatda qutqarib olindi.

Dulkadiro`g`li tumanining Pinarboshi mahallasidagi olti qavatli turar-joy binosi vayronalari ostidan ayol qutqarib olinib, shifokorlarning birinchi yordamidan so`ng Jemil Kekech kasalxonaga yotqizildi.

Turkiyada zilziladan keyingi o`ninchi kuni 42 yoshli Melike Imomog`lu vayronalar ostidan qutqarib olindi. Ayol Qahramonmarashning Onikishubat tumanida qulagan uy vayronalari ostida 222 soat vaqt o`tkazdi. Unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, kasalxonaga yotqizilgan.

Ma`lumot uchun, episentri Turkiya janubi-sharqida bo`lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni ayni paytga qadar 35,4 ming kishidan oshdi.

    Boshqa yangiliklar