AsosiySalomatlik
7133

Kuz tuhfasi – hurmoning 6 shifobaxsh xususiyati

Hurmo mikro va makroelementlarga boyligi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Vatani Xitoy bo`lmish bu mevani greklar mevalar xudosi ham deyishadi. Negak u – sog`likka koni foyda.

1.    Tozalovchi xususiyati. Tarkibidagi magniy moddasi organizmdagi shlak va toksinlardan tozalaydi. Buning uchun 4 ta hurmoni bo`laklab, bir stakan suv solib qaynatib olamiz. Tayyor bo`lgan sharbatni ovqatdan oldin bir kunda ikki marta ichidagi hurmolari bilan iching.

2.    Bakteriyalarni o`ldiradigan xususiyati.  Hurmo bo`lagini kuygan joyga, yaralarga va husnbuzarlarga qo`ysangiz, ular tez bitadi. Ko`proq hurmo eganlarga shunda hatto gripp ham  yuqmaydi.

3.    Tinchlantiruvchi xususiyati. Hurmo asab tizimiga juda yaxshi ta`sir qiladi, uyquni yaxshilaydi, immunitetni ko`taradi.

4.    Yurak-tomir hujayralariga ta`siri. Hurmo tarkibidagi kaliy va tuzlar yurak-qon hujayralari faoliyatini yaxshilaydi. S va R vitaminlari yurak qon tomir devorlarini mustahkamlaydi.

5.    Homiladorlikda. Hurmo vitaminlar xazinasi bo`lgani uchun homilador ayollarga foydali. Homilador ayolga suv va nonday zarur kalsiy vat temir moddalari bor. Bakteriyalarni o`ldiruvchi xususiyati esa yuqumli kasalliklardan asraydi.

6.    Kamqonlik. Qoni kam insonlar kuniga 2 ta xurmo eyishlari kerak. Kamqonlikni davolash uchun qurutilgan va maydalangan 1 choy qoshiq hurmo barglarini bir stakan qaynagan suvga solib iching. 

Boshqa yangiliklar