AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev 20-21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Misrda bo`ladi

'Shavkat Mirziyoev 20-21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Misrda bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20-21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo`ladi.

Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O`zbekiston-Misr munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi o`rin olgan.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta`lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida e`tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunida Qo`shma bayonot qabul qilinishi va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan.

Tashrif doirasida O`zbekiston rahbari Misrning etakchi kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar