AsosiyDunyo

Istanbulda 93 ta maktabni yopish rejalashtirilmoqda

'Istanbulda 93 ta maktabni yopish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Istanbul ma`muriy boshqarmasi seysmik xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 93 ta maktabni yopishni rejalashtirmoqda. Ulardan 76 tasi buziladi yoki rekonstruksiya qilinadi, 17 tasi esa ta`mirlanadi, deb xabar beradi boshqarmas sayti.

«20 fevral kuni mazkur maktab o`quvchilari tuman hokimlari bilan kelishilgan holda xavfsiz maktablarga o`tkaziladi. 51995 nafar o`quvchi va 2765 nafar o`qituvchi seysmik xavfsiz maktablarga boradi», - deyiladi Istanbul ma`muriy boshqarmasi xabarida.

Seysmik xavf darajasini pasaytirish maqsadida Istanbul maktablari tekshirildi. Shaharda 1999 yilda qurilgan 1418 ta maktabning 67 tasini seysmik jihatdan kuchli deyish mumkin, 1351 ta maktab xavfli holatda.

    Boshqa yangiliklar