Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bergan xabariga ko`ra, Parkent tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “N.a.” MChJ rahbari X.M. fuqaro E.B.ga tanishlari yordamida o`quv mashg`ulotlari va imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
20.02.2023 09:33
800 dollarga "prava" olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi






