Baxtli nikohni buzadigan asosiy xavf bu moliyaviy masalalarda kelib chiqadigan nizolar va yoki hiyonat emas.
AdMe.ru Huffington Post nashrining maqolasini tarjima qildi. Unda psixologlar oilalarga bildirmay xavf soladigan holatlarni sanab o`tishgan. O`qing va xulosa chiqaring.
1.Kechalarni faqat birga o`tkazasiz, do`stlar bilan muloqot qilmaysiz.
Er va xotin vaqtini bir-biri bilan o`tkazishi juda muhim, ammo do`stlar taklif etgan kechalardan ham voz kechish kerak emas. Faqat birgina inson sizning ijtimoiy talablaringizni bajara olmaydi. Bu degani bir-biringizga biroz erkinlik berishingiz, vaqti-vaqti bilan bir-biringizdan dam olishingiz kerak. Bu munosabatlarni yanada mustahkamlaydi.
2.Bir-biringizni jismonan his qilmaysiz.
Agar bir-biringizni jismonan his qilishga istagingiz bo`lmasa bu munosabatlar muhabbat bilan faqat sanoqli fursatlarda shug`ullanish pallasiga etib keldi degani. “Tabriklayman, juftligingiz — xavfli yo`lakchada”.
“Har kungi ehtiroslar shart demoqchi emasmiz — bu kamdan-kam bo`ladigan holat. Ammo siz ikkinchi yarmingizga u qanchalik sevimli ekanligini eslatib turishingiz kerak.”
3. Do`stlaringiz ta`siriga oson tushasiz.
Turmush qurgan insonlarning do`stlari bo`lishi kerak, ammo duch kelgan inson bilan do`stlashish ham xavfli. Agar atrofingizda turmushi “noto`g`ri” qurilganlar bo`lsa, ular o`zlari bilmagan holda sizning turmushingizga ham ta`sir ko`rsatishadi.
4.Uy-ro`zg`or ishlarini bo`lishmaysiz.
Agar er yoki xotindan biri ishdan keyin uy ishlarini faqat bir o`zi bajarsa bu munosabatlarga putur etkazadi. Olimlarning aniqlashlaricha, uy ishlari faqat tomonlardan birining zimmasida bo`lgan juftliklarning to`shakdagi munosabatlari uy ishlarini bo`lishib qilganlarnikidan yomon bo`ladi.
5.Munosabatlaringizni muhokama qilmaysiz.
Jiddiy mavzulardagi muloqotlar iliq munosabatlarni qurishda juda muhim sanaladi.
Ma`lum kunlarni munosabatlaringiz haqida suxbatlashishga ajrating. Bir-biringizga shunday savollar bering: «Bugun bir-birimizni yaxshiroq tushunish uchun nimalar qildik?», «Munosabatlarimizga qanday hissam qo`shildi?», «Seni hursand qilish uchun biror narsa qila olamanmi?».
Avvaliga bunday savollarni berish g`alati tuyuladi, ammo keyin foydasini sezasiz.
6. O`zlaringizni qo`shnilarday his eta boshlayapsiz.
«Qo`shnilar sindromi» — nikohning qotili. Bu er va xotinni uy, hisoblar va bolalar birlashtirish hodisasi. «Agar shunday holatga duch kelgan bo`lsangiz, darhol undan chiqish yo`lini izlang, va munosabatlaringizga iliqlik olib kiring».
Ikkingizga ham yoqadigan umumiy ish toping.





