AsosiySport

Toshkentdagi boks bo`yicha jahon chempionatida Norvegiya ham qatnashmaydigan bo`ldi

'Toshkentdagi boks bo`yicha jahon chempionatida Norvegiya ham qatnashmaydigan bo`ldi'ning rasmi

Norvegiya boks federasiyasi o`z vakillarini JCh-2023ga yubormaslikka qaror qildi, Rossiya va Belarus bokschilariga o`z mamlakatlari bayroqlar ostida turnirda qatnashishga ruxsat etilgani bunga sabab bo`ldi.

Turnirda qatnashishdan bosh tortgan mamlakatlar soni, Norvegiya bilan, 12 taga etdi. Ungacha AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Polsha, Ukraina, Niderlandiya, Shveysariya, Chexiya, Shvesiya va Irlandiya turnirga boykot e`lon qilgandi. Germaniya terma jamoasi esa Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko`rishi sababli JChda qatnashmasligini bildirgandi.

NBF xabariga ko`ra, Norvegiya rossiyalik va belaruslik sportchilar keladigan barcha IBA chempionatlari va tadbirlarida qatnashmaslikka qaror qilgan. Bu butun delegasiyaga tegishli: bokschilar, jamoalar, sudyalar va rasmiy shaxslar.

Eslatib o`tamiz, Toshkentdagi boks bo`yicha erkaklar o`rtasidagi jahon chempionati 2023 yilning 1–14 may kunlari bo`lib o`tadi. Boks bo`yicha ayollar o`rtasidagi jahon chempionatiga esa, avvalroq, 15–31 mart kunlari Nyu-Deli (Hindistonda) mezbonlik qiladi.

    Boshqa yangiliklar