AsosiySport

IBA 5 ta boks federasiyasi rahbarlariga boks bo`yicha jahon chempionatini boykot qilgani uchun ish ochdi

'IBA 5 ta boks federasiyasi rahbarlariga boks bo`yicha jahon chempionatini boykot qilgani uchun ish ochdi'ning rasmi

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) boks bo`yicha jahon chempionatlarini rossiyalik va belaruslik sportchilarning turnirlarga kiritilishi sababli boykot qilayotgan milliy federasiyalar rahbarlariga nisbatan intizomiy ish qo`zg`atdi. Bu haqda assosiasiyasining saytida ma`lum qilindi.

Xususan, ish AQSh (Mayk Maketi), Kanada (Rayan O’Shi), Chexiya (Marek Shimak), Shvesiya (Per-Aksel Shyoxolm), Yangi Zelandiya (Stiv Xartli) uyushmalari rahbarlariga nisbatan qo`zg`atilgan.

Shikoyat intizomiy va axloqiy kodeksning bir nechta moddalariga, shu jumladan Intizom va axloq kodeksining 24-moddasiga «Musobaqalarni boykot qilishga undash» asoslanadi.

"Boksda kamsitishning har qanday shakliga o`rin yo`q va IBA buni o`z qadriyatlarini himoya qilish vazifasi deb biladi. Bundan tashqari, IBA o`zining yaxlitligi va obro`sini himoya qiladi va hech kimning axloqsiz xatti-harakatlari tufayli zarar ko`rishiga yo`l qo`ymaydi", - deyiladi xabarda.

2023 yilgi boks bo`yicha ayollar o`rtasidagi jahon chempionati 15-26 mart kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Erkaklar o`rtasidagi chempionat 1-14 may kunlari O`zbekiston poytaxti Toshkent shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar