“Real Madrid” jamoasi himoyachisi Serxio Ramos “Borussiya D”ga qarshi (2:2) EChL guruh bosqichi 2-tur o`yinida o`tkazib yuborilgan dastlabki golda klub posboni Keylor Navasni aybladi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
“Qirollik klubi” 1:0 hisobida oldinda borayotganda raqib futbolchtilari jarima zarbasini ishlab oldi. Jarima zarbasidan tepilgan to`pni Navas qaytardi, to`p esa himoyachi Rafael Varan ko`kragiga tegib darvoza tomon yo`l oldi.
To`pga birinchi bo`lib “Borussiya D” hujumchisi Obameyang etib keldi va gol urdi. Ramosning fikricha, Keylor Navas to`pni qaytarmasdan o`zida saqlab qolishi kerak edi.