AsosiySport

Chusovitina Jahon kubogining final yo`llanmasini qo`lga kiritdi

'Chusovitina Jahon kubogining final yo`llanmasini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Doxa shahrida sport gimnastikasi bo`yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Musobaqaning birinchi kunida dastlabki saralash bahslari o`tkazildi.

Unda Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida final yo`llanmasini qo`lga kiritgan. Hamyurtimizning ikki chiqishi jami 12.899 ball bilan baholangan. Bu saralash dasturidagi to`rtinchi natija bo`ldi.

Afsuski, Dildora Aripova ikki to`sin, Abdulaziz Mirvaliev xalqa va erkin mashq, Ravshan Komiljonov erkin mashq, Kotbusda o`tgan turnir g`olibi Abdulla Azimovning ot ustidagi chiqishi medallar uchun kurashni davom ettirishga etarli bo`lmadi. Bugun yana bir qator yo`nalishlarda saralash bahslari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar