AsosiySport

“Katta dubulg`a” turnirininig so`nggi kunida 20 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi

'“Katta dubulg`a” turnirininig so`nggi kunida 20 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi'ning rasmi

Bugun poytaxtdagi “Yunusobod sport majmuasi”da dzyudo bo`yicha “Katta dubulg`a” turniri o`z nihoyasiga etadi. 

Musobaqaning yakunlovchi kunida og`ir vazn toifalaridagi bellashuvlar o`tkazilib, unda jahon chempionlari Davlat Bobonov, Muzaffarbek To`raboev, shuningdek, yana 18 nafar dzyudochi tatamiga chiqadi. 

Sportchilarimiz musobaqani quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:

Erkaklar, -90 kg:
Davlat Bobonov - Aydar Arapov (Qozog`iston)
Zafarbek O`rolov - Mamedali Achildiev (Turkmaniston)
Jahongir Mamatrahimov - Ushangi Margiani (Gruziya)
Ozodbek Murotov - Komronshoh Ustopriyon (Tojikiston)

-100 kg:
Muzaffarbek To`raboev - Dario Garsiya (Germaniya) / Bekaris Saduakas (Qozog`iston)
Muhammadqodir Mansurov - Eduardo Bettoni (Braziliya)
Chingizxon Shokirov - Leonardo Gonsalvesh (Braziliya)
Otabek To`raboev - Avtar Singh (Hindiston)

+100 kg:
Islombek Ravshanqulov - Erik Abramov (Germaniya)
Shohruhxon Baxtiyorov - Leon Kruz Omar (Kuba)
Alisher Yusupov - Ivo Vitassek (Germaniya)
Shohruh Mamarasulov - Yash Gangas (Hindiston)

Ayollar, -78 kg:
Feruza Xo`rozova - Estelle Posvite (Fransiya)
Irisxon Qurbonboeva - Hongtao Vu (Xitoy)
Shahlo Egamberganova - Petrunjela Pavich (Xorvatiya)
Farangiz Xolmurodova - Alina Boem (Germaniya)

+78 kg:
Rinata Ilmatova - Asiya Tavano (Italiya)
Saneyim Erkinbaeva - Anne Mbayro (Fransiya)
Mohinur Parmonova - Eleonora Geri (Italiya)
Fotima Kuramboeva - Kamila Berlikash (Qozog`iston)

Ikki kunlik bahslar yakuniga ko`ra O`zbekiston terma jamoasi 6 ta medal (1 tadan oltin va kumush, 4 ta bronza) bilan Yaponiyadan so`ng ikkinchi o`rinda bormoqda.

    Boshqa yangiliklar