Kecha, 8 mart kuni O`zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Mo`g`uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Baseseg bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki davlat Prezidentlarining 2022 yil sentyabr oyida bo`lib o`tgan uchrashuvi yakunlari bo`yicha erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashdilar.
"Mo`g`uliston joriy yilda O`zbekistonda elchixona ochishni rejalashtirmoqda",–dedi Baxtiyor Saidov o`zining Telegram kanalida.
O`zaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish, TIVlararo maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o`tkazish, savdo aylanmasini diversifikasiya qilish va qo`shma hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo`yicha takliflar muhokama qilindi.
Qishloq xo`jaligi sohasida hamkorlik bo`yicha O`zbekiston-Mo`g`uliston ishchi guruhi va Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalalarini o`rganish bo`yicha kelishuvga erishildi.