Yaponiyada 19 yoshli erkak sher birinchi, 21 yoshli urg`ochi esa uch kun o`tib o`lgan. O`lim sababi pnevmoniya sifatida ko`rsatilgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, sherlar vafot etgach, laboratoriyaga yuborilgan namunalarda COVID-19 topilgan.
Hayvonot bog`idagi yana sakkizta sherda alomatlar paydo bo`lgandi, ammo ular allaqachon tuzala boshlagan.