AsosiyDunyo

Qirg`izistonda 2 nafar o`zbekistonlik odam o`g`irladi

'Qirg`izistonda 2 nafar o`zbekistonlik  odam o`g`irladi'ning rasmi

Qirg`iziston fuqarosini o`g`irlagan 2 nafar o`zbekistonlik uning uchun qarindoshlaridan 50 ming dollar talab qildi. Bu haqda “Kabar.kg” nashri xabar berdi.

Qirg`iziston Respublikasi milliy xavfsizlik qo`mitasiga ko`ra, asli kelib chiqishi namanganlik bo`lgan 2 kishi 2022 yilning 23 oktyabrida qirg`iztonlikni uyidan o`g`irlab, O`zbekistonning Namangan viloyatiga olib ketgan.

Holat yuzasidan 2023 yil 28 fevralda o`g`irlangan odamning singlisi tegishli organlarga murojaat qilgan. O`zbekiston hamda Qirg`iziston xavfsizlik xizmati bilan birgalikdagi tezkor tadbir davomida joriy yilning 7 mart kuni yo`qolgan fuqaro Qirg`izistonga qaytarilib, yaqin qarindoshlariga topshirilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, “Baymak” posti orqali olib o`tilgan asir 5 oy davomida O`zbekiston hududida tutqunlikda ushlangan.

“Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo`lga olinganlarni jinoiy javobgarlikka tortish bo`yicha tegishli choralar ko`rilmoqda”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar