Amerika Mikrobiologiya jamiyati olimlari koronavirusning “alfa”, “delta” va “omikron” shtammlari kemiruvchilar nafas yo`llarida ko`payishini aniqladi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, Nyu-York shahridagi kulrang kalamushlarning 16,5 foizdan ortig`i SOVID-19 bilan kasallangani aytilmoqda. Bu esa kelgusida virusning jonivorlardan odamlarga yuqish xavfini oshirishi mumkin.
Shu bois mutaxassislar pandemiyaning yangi to`lqini avj olmasligi uchun kalamushlar populyasiyasini nazorat qilish zarur, deb hisoblamoqda.
Qolaversa, Kolumbiyaning Missuri universiteti professori Van Syufen kemiruvchilar orasida insonlar uchun qo`shimcha xavf tug`diruvchi yangi mutasiyalar paydo bo`lish ehtimolini tadqiq etish lozim, degan xulosada.
Ma`lumot uchun, yaqinda Fransiyada o`tkazilgan tadqiqot natijasida uy mushuklarining taxminan 10 foizi SARS-CoV-2 bilan kasallangani aniqlangan edi.
Shu sababli ekspertlar kasallikni jilovlashning eng to`g`ri va samarali yo`li to`liq bosqichda hamda buster dozada emlanish, deb ta`kidlamoqda.
Eslatib o`tamiz, sal avval Yaponiyada ikki sher koronavirusdan halok bo`lgani xabar qilingan edi.






