AsosiySport

Chusovitina yana shohsupada

'Chusovitina yana shohsupada'ning rasmi

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida o`tayotgan sport gimnastikasi bo`yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi yakunlandi. O`zbekistonlik sport afsonasi Oksana Chusovitina bahslarni medal bilan yakunladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Chusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medalni qo`lga kiritdi.

Ikki urinish natijasiga ko`ra, Oksananing chiqishi hakamlar tomonidan 13,433 ball bilan baholandi. U faqatgina fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball to`pladi. Shu tariqa, Chusovitina qatorasiga uchinchi bor Jahon kubogida shohsupaga ko`tarildi. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medaliga sazovor bo`lgan edi.

Tayanib sakrash, ayollar:

Kolin Devallar (Fransiya) – 13,683;
Oksana Chusovitina (O`zbekiston) – 13,433;
Linmin Yu (Xitoy) – 13,383.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar