AsosiyDunyo

Isroilda bundan 2500 yil avvalgi shahar topildi

'Isroilda bundan 2500 yil avvalgi shahar topildi'ning rasmi

Isroil arxeologlari bundan ikki ming besh yuz yil avvalgi qadimiy Fors shahrini topdilar. Bu haqda Isroil qadimiy ashyolar boshqarmasi ma`lumotiga tayanib, Xinhua agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Isroilning shimolida O`rta er dengizi sohilidagi hozirgi Nagariya shahri hududida olib borilgan qazishmalar natijasida binolar va ko`chalar, savdo va sanoat hududlari, diniy maqbaralar va yirik omborlar aniqlandi.

Arxeologlarning fikriga ko`ra, uzoq mamlakatlardan qadimgi dengizchilar - finikiyaliklar tomonidan olib kelingan keramika idishlar, ko`zalar, amforalar va boshqa narsalar topilgan.

O`sha davrda Fors imperiyasi bilan Qadimgi Yunoniston o`rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bo`lsa-da, shahar aholisi O`rta er dengizining sharqiy qismida dengiz savdosining markazida turgan finikiyaliklar orqali Yunoniston bilan savdo aloqalarini ushlab turgan.

    Boshqa yangiliklar