AsosiyDunyo

ETTB Markaziy Osiyodagi eng yirik muqobil energiya loyihasini O`zbekistonda amalga oshiradi

'ETTB Markaziy Osiyodagi eng yirik muqobil energiya loyihasini O`zbekistonda amalga oshiradi'ning rasmi

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) O`zbekistonda ikkita shamol elektr stansiyasini qurish va foydalanishga topshirish uchun umumiy qiymati 520 million dollar bo`lgan ikkita sindikatlangan kredit ajratdi. Bu haqda Trend`ga ETTBning Markaziy Osiyo bo`yicha boshqaruvchi direktori ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, umumiy quvvati 1 GVt bo`lgan loyiha respublikaning Buxoro viloyatida amalga oshiriladi.

Ta`kidlanishicha, ushbu moliyalashtirish ETTB tomonidan hozirga qadar qayta tiklanadigan energiya bo`yicha investisiya qilgan mamlakatlar  ichidagi eng yirik loyihasidir.

"Bank tomonidan ajratilgan 74 million dollarlik moliyalashtirish paketi O`zbekistonning Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt bo`lgan yangi shamol elektr stansiyasini qurish va foydalanishga topshirishga yordam beradi. Bu turli xavflarni kuzatishga qodir bo`lgan IdentiFlight aniqlash tizimidan foydalangan Markaziy Osiyodagi birinchi loyiha bo`ldi", deya qo`shimcha qildi boshqaruv direktori.

Bundan tashqari, uning ta`kidlashicha, ETTB O`zbekiston Energetika vazirligi bilan birgalikda O`zbekistonda elektr energetika sohasini rivojlantirishning past uglerodli yo`lini ishlab chiqdi, uning maqsadi 2050 yilgacha tarmoqni dekarbonizasiya qilishdir.

Ayni paytda, O`zbekistondagi ETTB loyihalarining joriy kredit portfeli 2,2 milliard evroga baholanmoqda. Bankning kredit portfeli 69 ta loyihani amalga oshirishga mo`ljallangan. Investision portfelning asosiy qismi (72 foiz yoki 1,6 milliard evro) barqaror infratuzilmaga, 19 foizi (428 million evro) moliya institutlariga va 9 foizi (199 million evro) sanoat, savdo va agrobiznesga yo`naltirilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar