Qodirovning 20 yoshli qizi Chechenistonda sog`liqni saqlash bo`yicha kurator etib tayinlandi.
“Xutmat Qodirovaning reabilitasiya sohasida to`plagan bilim va tajribasi sog`liqni saqlash rivojiga xizmat qiladi”, — deyiladi hukumat xabarida.
Qodirovning yana ikki qizi ham hukumatda ishlaydi. Ulardan biri Madaniyat vaziri, ikkinchisi Grozniy maktabgacha ta`lim boshqarmasi boshlig`i.