1

Google qidiruv tizimini professionallardek ishlatishning 10 ta usuli

Hi-tech 03.10.2016, 10:01
Teglar: Internet
Google qidiruv tizimini professionallardek ishlatishning 10 ta usuli

Biz yashayotgan axborot asri va internet tezligida istalgan ma`lumotni topish mumkin. Bir necha daqiqalar ichida shirin va mazali pirogning resepti bilan tanishish yoki ilmiy ma`lumotlardan boxabar bo`lish mumkin. 

Biroq aksariyat hollarda kerakli ma`lumotni aynan o`zini emas, boshqa muqobillarini topib, bizga keraklisini esa undan belgilaymiz. Bunga esa uzoqroq vaqt ketadi.  

Quyida kerakli ma`lumotlarni bir necha soniyada topish imkonini beruvchi usullarni sanab o`tamiz.
  
1.  Bu yoki boshqasi
Ba`zan kimdandir eshitgan ism-sharifni yoki ma`lumotni to`g`ri eslab qololmaymiz. Muammo yo`q! Shunchaki bir necha variantlarni inglizcha “ or” yoki «|» belgisi bilan kiriting. 
   
2.  Sinonimlar bo`yicha qidiruv
Qidiruv tizimining bu imkoniyati ham vaqtingizni ancha tejaydi. Bir mavzuga doir ma`lumotlar va shu mavzuga doir boshqa saytlarni tezda topishni istasangiz «~» belgisidan foydalaning.
Masalan, sog`lom~ovqatlanish, deb qidiruv tugmasini bossangiz, u bilan birga sog`lom ovqatlanishga doir tavsiyalar, foydali reseptlar ham chiqadi.
 
3.  Sayt ichida qidiruv
Ba`zan biron saytda qiziq ma`lumot yoki maqola o`qiymiz, bir muddat o`tganidan so`ng uni do`stlarimiz bilan bo`lishishni istaymiz. 

Shunday paytda sayt ichida qidiruv sizga yordamga keladi. Buning uchun esa dastlab sayt manzili va so`ng bizga aynan kerak bo`lgan ibora yoki so`zlarni kiritamiz.
 
4. “Yulduzcha” kuchi
Xotiramiz bizga pand berib, sevimli iboramizdagi biror so`z yoki raqam yodimizdan ko`tarilganida  «*» belgisi yordam beradi. Shunchaki, so`z birikmasidagi esingizdan chiqib qolgan so`z o`rniga uni qo`ying va kerakli natijaga ega bo`ling. 

5. Iboraning yarmi esdan chiqqanda
Agar iboradagi birorta so`z emas, uning yarmi esingizdan chiqan bo`lsachi? Buning ham imkoni bor! Birinchi va oxirgi so`zni yozing ularning o`rtasiga AROUND(tushib qolgan so`zlarning taxminiy soni) Misol uchun, “Men sizni AROUND(7)  emas..”

6. Tarixiy ma`lumotlarni bilish
Ba`zan bizga ma`lum tarixiy muddat oralig`ida ro`y bergan hodisalar haqidagi ma`lumotlar kerak bo`lib qoladi.  Mazkur ma`lumotlarni topish  uchun asosiy iboraga taxminiy yillarni orasiga 3 nuqta bilan yozib chiqing.  Masalan, 1900-2000 yillar oralig`ida qanday ilmiy kashfiyotlar qilinganini bilish uchun ularning orasiga 3 nuqta qo`yib qidiruv tugmasini bosish kerak. 

7. Nom va manba bo`yicha qidiruv
Maqola sarlavhasidagi asosiy so`zni tezda topish uchun — «intitle:» so`zini kiriting. Manbadagi biror so`zni topish uchun esa — «inurl:» so`zini kiriting. 

8. O`xshash saytlar
Agar biror sayt sizga yoqqan bo`lsa, xuddi shu saytga o`xshash muqobillarini ham topishingiz mumkin. Buning uchun sayt manzilidan avval  «related:» so`zini kiriting. 

 9. Bir butun ibora
Sizga kerakli iborani istaganingizdek topishning eng qulay usuli. Buning uchun sizga kerakli so`z birikmasi yoki iborani qo`shtirnoqqa olib yozing. Bunda qidiruv tizimi siz kiritgan iborani xuddi shunday ketma-ketlikda topib beradi. 
 
10. Keraksiz terminlar
Bizga kerakli ma`lumotlardagi keraksiz terminlardan xalos bo`lishning ham yo`li bor! Shunchakki ulardan oldin minus ya`ni chiziqcha qo`ying. Masalan sizga qiziqarli kitoblar ro`yxati kerak, biroq siz ularni sotib olmoqchi emassiz. Sotib olish so`zidan avval minus belgisini qo`ying.

Sharhlar

Freedom House internet erkinligi reytingini e`lon qildi. O`zbekiston nechinchi o`rinda?

17.10.2020, 15:59

Freedom House internet erkinligiga oid an`anaviy yillik hisobotini e`lon qildi. Unda O`zbekiston 100 balldan 27 ball to`plab, 65 davlat ichidan 57-o`rinda qayd etilgan.Tadqiqotchilar internetdagi erkinlikka...
​SAMARQANDDA TAShKIL ETILGAN «ELEKTRON POLIKLINIKA»DA Wi-Fi IShGA TUShDI

25.09.2017, 15:49

Samarqand shahridagi 12-son oilaviy poliklinikada aholini onlayn tarzda elektron ro`yxatga olish tizimi ishga tushirildi. «Elektron poliklinika» dasturi bemorlarni yagona elektron ro`yxatga olish va internet tarmog`i...
​Kvadrosikl haydagan kampirlar ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi (Video)

18.04.2017, 14:55

Ijtimoiy tarmoqlarda tataristonlik ikki nafar kampirning kvadrosikl haydagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.Mazkur rolik Tataristonning Leninogorsk tumanidagi Shugurovo...
Facebook’ning to`g`ridan-to`g`ri efirida odam o`ldirildi

17.04.2017, 12:28

Ogayo shtatining Klivlend shahri polisiyasi o`z qurbonini Facebook tarmog`ining to`g`ridan-to`g`ri efirida o`ldirgan erkakni qidirmoqda.Reuters agentligi ma`lumotlariga ko`ra, translyasiya vaqtida gumonlanuvchi avval ham ko`p insonni o`ldirganini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1