Shanba kuni Ekvadorda 6,7 magnitudali zilzila sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda Evropa O`rtaer dengizi seysmologiya markazi (EMSC).
Unga ko`ra, zilzila UTC vaqti bilan 17.12 (Moskva vaqti bilan 20.12) da qayd etilgan. Zilzila episentri Guayakil shahridan 59 kilometr uzoqlikda joylashgan. Manba 80 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Dastlab 6,9 magnitudali ekanligi ma`lum qilingandi, keyinroq markaz bu ma`lumotlarga aniqlik kiritdi.