AsosiyDunyo

Tojikistonda muzliklarning erishi tezlashgani aytildi

'Tojikistonda muzliklarning erishi tezlashgani aytildi'ning rasmi

Tojikistonda oxirgi yillarda muzliklar soni kamayib bormoqda. Bu haqda respublika atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi raisi Bahodur Sheralizoda xabar berdi.

Uning so`zlariga ko`ra, iqlim o`zgarishi, ayniqsa, issiqlik ta`siri natijasida muzliklarning erish tezligi yanada tezlashgan.

Uning qo`shimcha qilishicha, har yili muz blokining maydoni 1,3 kvadrat metrgacha qisqaradi. 

“Atmosferaga issiqxona gazlari minimal miqdorda chiqayotganiga qaramay, Tojikiston iqlim o`zgarishi ta`siriga eng zaif davlatlardan biri hisoblanadi”, deydi Sheralizoda.

Ma`lumot o`rnida, Tojikistonda muzliklar mamlakat hududining 6 foizini egallaydi. Aynan ular Markaziy Osiyoning deyarli barcha qismini chuchuk suv bilan ta`minlaydi. Tojikistonda muzliklarni saqlash jamg`armasini tashkil etish taklif qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar