AsosiyJamiyat

Andijonlik ayol Buxoroda bir nechta erkaklarga OIV infeksiyasini yuqtirdi

'Andijonlik ayol Buxoroda bir nechta erkaklarga OIV infeksiyasini yuqtirdi'ning rasmi

OIV infeksiyasi tashuvchisi bo`lgan Andijonlik engil tabiatli ayol Buxoroda bir nechta fuqarolarning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Andijon viloyati Marhamat tumanida doimiy ro`yxatda turib, Buxoro shahar Piridastgir ko`chasida vaqtincha ijarada yashab kelgan, 2002 yilda tug`ilgan Q.S. ismli ayol 2018 yil 18 may kunidan Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish Markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro`yxatga olingan. 

Unga boshqa shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi to`g`risida tegishli tartibda ogohlantirilgan. Shunday bo`lishiga qaramasdan, 2023 yil 12 mart kunidan 2023 yil 13 mart kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida Romitan tumani hududida joylashgan cho`l zonasida Romitan tumanida yashovchi, 3 nafar erkaklar bilan birga bir necha marotaba jinsiy aloqada bo`lgan. Bu orqali u o`zida OIV infeksiyasi borligini oldindan bilgan holda ushbu kasallikni boshqa shaxslarga yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilgan.

Hozirgi kunda ushbu ayolga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Ma`lum qilinishicha, ushbu ayolning yana qaerda, kimlar bilan yaqin munosabatlarga kirishganligi, qabohat urug`ini qasddan yana kimlarga yuqtirgan bo`lishi mumkinligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar