AsosiyJamiyat

Navoiyda fuqaroning video va fotolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo`rqitib, 40 million so`m talab qilindi

'Navoiyda fuqaroning video va fotolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo`rqitib, 40 million so`m talab qilindi'ning rasmi

Nurota tumanida fuqaroning 40 mln so`mini qo`lga kiritmoqchi bo`lgan tovlamachilar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

 Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar D.M. va boshqalar fuqaro H.Q.ning sha`ni va qadr-qimmatiga putur etkazadigan video va fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo`rqitib, undan 40 mln so`mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar