AsosiyJamiyat

1 maydan ijtimoiy reestrga kirgan aholiga mol, qo`y va parranda go`shti, tuxum va o`simlik yog`i xarid qilsa, qo`shilgan qiymat solig`i qaytariladi

'1 maydan ijtimoiy reestrga kirgan aholiga mol, qo`y va parranda go`shti, tuxum va o`simlik yog`i xarid qilsa, qo`shilgan qiymat solig`i qaytariladi'ning rasmi

Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko`paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo`yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Oxirgi ikki yilda jahonda oziq-ovqat inflyasiyasi yiliga 15-20 foizdan pasaymayotgani, o`simlik yog`i, sut va go`shtning jahon narxi so`nggi 30 yildagi, don mahsulotlari va shakar esa so`nggi 10 yildagi eng yuqori darajaga ko`tarilgani qayd etildi.

Eksport-importda logistika, o`g`it va yoqilg`i xarajatlari oshib ketgani ham oziq-ovqat narxlariga o`z ta`sirini ko`rsatayapti. Tahlillarga ko`ra, bu holat 2023 yilda ham, kelgusi yillarda ham saqlanib qoladi.

Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirishga 200 ming gektar er ajratilgani, 500 ming gektar qo`shimcha erlar oborotga kiritilgani ichki bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish va eksportni ko`paytirishga xizmat qilmoqda.

- Lekin, aholimiz soni o`sib borayotgani, jahondagi nobarqaror vaziyat, logistikadagi uzilishlar oziq-ovqatni ko`paytirish bo`yicha oldimizga yanada katta vazifalarni qo`ymoqda, - dedi davlatimiz rahbari.

Shu munosabat bilan viloyat, tuman hokimlari oziq-ovqatni ko`paytirish, odamlarni band qilish bo`yicha qo`shimcha imkoniyatlarni izlashi kerakligi ko`rsatib o`tildi.

Yig`ilishda ayrim tumanlar ularga oziq-ovqat uchun 70 ming gektar qo`shimcha maydon berilganiga qaramasdan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan o`zini o`zi ta`minlay olmayotgani tanqid qilindi.

Hokimlar mavjud oziq-ovqat maydonlarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko`rsatmayotgani qayd etildi. 

Shu munosabat bilan hamda aholi dasturxonining to`kin-sochinligini o`ylab, yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari bo`yicha import bojlaridan imtiyoz berilishi ta`kidlandi.

Bundan tashqari, 1 maydan ijtimoiy reestrga kirgan aholiga mol, qo`y va parranda go`shti, tuxum va o`simlik yog`i xarid qilsa, qo`shilgan qiymat solig`i qaytariladi. Bu orqali 2 milliondan ortiq oilaga engillik yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar