AsosiyJamiyat

Zilzila oqibatida Toshkentdagi yangi qurilgan ko`p qavatli uyning fasadi to`kilib tushdi(video)

'Zilzila oqibatida Toshkentdagi yangi qurilgan ko`p qavatli uyning fasadi to`kilib tushdi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida joylashgan ko`p qavatli binolarning birida kuni kecha zilzila oqibatida fasad qismiga zarar etkazilgani yuzasidan video  tarqatildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi axborot xizmatining munosabatida mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida hududiy nazorat inspeksiyasiga tegishli so`rov yuborilgan. 

Qayd etilishicha, Yashnobod tumanida qad roslagan "FIRST DEVELOPING GROUP" MChJga tegishli ob`ektlarning biriga g`isht ishlab chiqaruvchi "STONE BRICK" MChJ tomonidan sifatsiz g`isht mahsulotlari etkazib berilishi natijasida mazkur holat yuzaga kelgan. Ayni kunda buyurmachi tomonidan sud organlariga etkazilgan zararni qoplash maqsadida davo arizasi kiritilgan. Binoning fasad qismini ta`mirlash ishlari aprel oyida to`liq yakunlanishi belgilab olingan.

 

    Boshqa yangiliklar