AsosiyJamiyat

O`rdak, tovuq va kurka boqishga 3 yilga 14 foizli kredit beriladi

'O`rdak, tovuq va kurka boqishga  3 yilga 14 foizli kredit beriladi'ning rasmi

Davlat rahbari  raisligida o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishida dala va kollektor-drenaj atroflaridagi erlardan unumli foydalanish vazifasi qo`yildi, deya xabar bermoqda  Prezident Matbuot kotibi. 

Birgina Sirdaryoda qariyb 4 ming gektar bunday erlar mavjudligi aniqlangan. Boshqa hududlarda ham dala chetlarida va kollektor-drenaj atroflaridagi qo`shimcha 50 ming gektar maydondan samarali foydalanish mumkinligi ko`rsatib o`tildi.

Tuman hokimlariga dala va kollektor-drenaj atrofidagi erlarni fermer xo`jaliklari o`z ishchilari va ehtiyojmand aholiga o`n yilga ikkilamchi ijaraga berishni tashkil qilish topshirildi.

Bunda, fermerlarga o`rdak, tovuq va kurka boqishga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 3 yilga 14 foizli kredit beriladi.

Dala chetlariga uzum ko`chatlari va kadi urug`larini, tut ko`chatlarini ekish, parranda va asalari uyalarini etkazib berish bo`yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar