AsosiyJamiyat

Mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi

'Mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi'ning rasmi

Davlat rahbari  raisligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida bugungi kunda klaster, fermer va dehqonlarning 11 mingga yaqin texnika va agregatlarga talabi mavjudligi qayd etildi.

 Shu bois, 1 apreldan:

  •  mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi (hozir faqat Chirchiq klasterida ishlab chiqarilgan texnikalarga tatbiq etiladi);

 

  •  import qilingan texnikalar uch yil muddatga bojxona boji va utilizasiya yig`imidan ozod qilinadi, ular bo`yicha qo`shilgan qiymat solig`ini kechiktirib (9 oy davomida) to`lashga ruxsat beriladi (ushbu imtiyozlar hozir faqat paxtachilik va chorvachilik texnikalarida bor);

 

  •  texnika xaridi uchun 10 yil muddatga 10 foizlik kreditlar ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar