Bu haqda FVV Matbuot xizmati murojaat bilan chiqish kildi.
FVV dunyoda zilzilaning hatto taxminiy vaqtini bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emasligini ta`kidlagan.
"Hurmatli yurtdoshlar, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda zilzila sodir bo`lishi mumkinligi haqida soxta xabarlar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan sizlarni bunday yolg`on xabarlarga ishonmaslikka chaqiramiz. Yana bir bor ta`kidlaymizki, bugungi kunda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir bo`ladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emas. O`zbekiston seysmik faol zonada joylashgani sababli ba`zida er silkinishlari sodir bo`ladi. Har doim shunday bo`lgan" deyiladi xabarda.