“Arnasoy” suv ombori hududida noqonuniy baliq ovlayotgan shaxslar qo`lga tushdi

Jinoyat 23.03.2023, 17:55
“Arnasoy” suv ombori hududida noqonuniy baliq ovlayotgan shaxslar qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasining Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi bo`limi bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Ueda, fuqarolar L.T. va B.M. “Arnasoy” suv ombori hududida hech qanday hujjatlarsiz taqiqlangan ov anjomlaridan foydalanib, jami 343 bosh baliq ovlab, hayvonot dunyosiga 201,1 mln so`m zarar etkazganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o`simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1