AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi umumta`lim maktablariga Prezident maktablari metodikasi targ`ib qilinyapti

'O`zbekistondagi umumta`lim maktablariga Prezident maktablari metodikasi targ`ib qilinyapti'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan joriy yilning 23-24 mart kunlari “O`quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglar tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Unda butun Respublika bo`ylab matematika va ingliz tili o`qituvchilari ishtirok etishmoqda. 

Mazkur treninglar 3 bosqichli bo`lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o`qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Treninglarning uchinchi bosqichda mahalliy trenerlar tomonidan tuman (shahar) umumta`lim maktablarining pedagoglarini qamrab olgan holda bir martalik joriy yil yakuniga qadar tuman markazidagi umumta`lim maktablarida tashkil etilishi ko`zda tutilmoqda.

Mazkur treninglardan ko`zlangan maqsad:

-  Prezident maktablarining ilg`or tajribasi bilan bo`lishish,

-  zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,

-  ta`lim sohasidagi yangiliklar bilan bo`lishish,

-  o`quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirishni o`rgatishdan iborat.

Mazkur treninglar Qoraqalpog`iston, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida joylashgan jami 14 ta Prezident maktabida bo`lib o`tadi.  

Ushbu trening "Insonga e`tibor va sifatli ta`lim" yilida mamlakatimizdagi ta`lim tizimini yanada rivojlantirish, o`qitishda yangi metodikalarni joriy etish va o`qituvchilarning malakasini oshirish yo`lidagi yana bir qadamdir.

    Boshqa yangiliklar