O`zgidromet dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Qayd etilishicha, bugun O`zbekiston hududi bo`yicha havo asosan kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati +20+23 daraja bo`ladi.
Shanba va yakshanba kunlari respublika hududi bo`yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati ko`tariladi va +23+25 darajani, shimolda, janubda va cho`l hududlarda +27+29 darajani tashkil etadi.
Respublikaning tog`li hududlarida 24-26 mart kunlari ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin.
Poytaxtda: havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, Kuchsiz shamol esadi. Harorat kechasi +8+10 daraja, kunduzi +22+25 daraja bo`ladi.