AOKAda o`tkazilgan brifingda Seysmologiya instituti direktori o`rinbosari Vohidxon Ismoilov zilzilani oldindan aniqlash yo`nalishidagi ishlar, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan ma`lumot berdi.
Zilzila o`chog`idan tarqalgan bo`ylama to`lqinning yaqin atrofdagi seysmik stansiyalarda qayd qilingandan so`ng 3 soniyada zilzila to`g`risidagi ma`lumot, ya`ni o`choqning chuqurligi, zilzila kuchi, oradagi masofa Google tizimi orqali dunyoga tarqaladi.
Xitoy tadqiqotchilarining bergan ma`lumotga ko`ra erta ogohlantirish tizimi joriy qilinganda 3 soniya ichida shikastlanishlarni 14 foizga, 10 soniyada jarohatlanish va qurbonlarni 39 foizga va 20 soniyada 63 foizga qisqartirishi mumkin.
Xuddi shunday mintaqaviy tizim Meksikada, Xitoyda, Tayvanda, Italiyada, Ruminiyada va boshqa davlatlarda ham qo`llanilmoqda. Lekin Google kompaniyasi yaratgan mobil dastur butun jahonni qamrab olish imkoniyatiga ega.